Joriy yilning 3- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonunni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda tarmoq boʻlim boshliqlari va xodimlar hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tizim xodimlariga korrupsiya nima va uning oqibatlari, korrupsiyani aniqlash va oldini olish usullari hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari keng targ’ib qilindi.
Korrupsiya – davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi global muammo. U nafaqat davlat va nodavlat sektoridagi ishonchni pasaytiradi, balki qonun ustuvorligiga, iqtisodiy barqarorlikka va inson huquqlarining ta'minlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Bugungi tadbirning asosiy maqsadi: xodimlarni xabardor qilish, korrupsiyaning oldini olish usullarini o‘rgatish, yoki ma'lum qonunchilik talablari bilan tanishtirish.