2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda transport xizmatlari hajmi 1 983,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Ushbu xizmat turi 2023- yilning mos davriga nisbatan 17,3 % ga oshgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Navoiy shahri (403,3 mlrd soʻm), Zarafshon shahri (227,9 mlrd soʻm), Karmana (301,4 mlrd soʻm), Qiziltepa (255,7 mlrd soʻm), Xatirchi (176,3 mlrd soʻm) tumanlarida qayd etilgan.