Joriy yilning 26- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Ma’naviyat – jamiyat rivojlanishining muhim omili” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Statistika boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar” boʻyicha mas’ul xodim Goʻzal Norqulova soʻz yuritdi.
Ma’naviyat har bir jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, ijtimoiy hayotning mazmun-mohiyati va insonlarning oʻzaro munosabatlarini belgilovchi asosiy tamoyillar majmuidir. U jamiyat rivojlanishida muhim oʻrin tutib, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarini uygʻunlashtiradi.
Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri boʻlib, uning har bir sohada uygʻun va barqaror rivojlanishini taʻminlaydi.
Tadbir yakunida jamiyatda ma’naviy tarbiya va axloqiy qadriyatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlandi va ayniqsa, yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targʻib qilish muhimligi qayd etildi.