25/11/2024

Joriy yiling 25- noyabr kuni Xatirchi tumani statistika boʻlimi va hududiy tashkilot boʻlim xodimlari ishtirokida viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etilib, unda OʻRQ-996-son Qonuni hamda Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz mavzulari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Muloqot davomida qonunda keltirilgan moddalar hamda qonunning maqsadi va korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech