25/11/2024

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy kommisiyasi  (BMT YIK) va Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU) tomonidan Moldova Respublikasining Kishinev shahrida 2024-yil 19–21-noyabr kunlari Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika idoralari uchun “Jarayonlarga asoslangan statistikani tashkil etishga o‘tish” mavzusidagi xalqaro seminar tashkil etildi.

1_25_11_24_p23902

Tadbirda ishtirok etgan Islandiya, Serbiya, Gruziya, Qozog‘iston, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari statistika idoralarining jarayonlarga asoslangan statistikani tashkil etish bo‘yicha tajribalari to‘g‘risida taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

2photo_2024-11-25_15-44-04_p60533

3_-25_11_24_p46512

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Statistika agentligining Sanoat statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi Bekzod Yoʻldoshev va Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya bosharmasining statistika uslubiyatini boshqarish va innovatsiyalar boʻlimi bosh mutaxassisi Rustam Ruzayevlar tomonidan GSIM, GSPBM va GAMSO modellarini sohaga joriy etishda Statistika agentligining amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir yakunida seminar tashkilotchilari va xalqaro ekspertlar tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokamasi natijalari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech