2024- yilning 22- noyabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini roʻyxatga olishning ahamiyati” va “Narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi M. Yuldashova va Narx statistikasi boʻlim boshligʻi J. Soyibov hamda universitet oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida aholini roʼyxatga olish toʻgʻrisidagi Prezident farmon, qaror va qonunlari hamda tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida soʻz yuritildi.
Shundan soʻng narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi inflatsiyani hisoblash usullari boʻyicha maʻlumotlar berildi.
Tadbir mobaynida mavzu boʻyicha berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Davra suhbati yakunida talablar statistik ma’lumotlardan keng foydalanishlari uchun universitet axborot markaziga statistik toʻplamlar taqdim etildi.