2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 115 850,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.
shundan:
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 14 063,6 mlrd so‘m;
ishlab chiqarish sanoati – 95 049,1 mlrd so‘m;
elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 6 620 mlrd so‘m;
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 118,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.