Joriy yilning 21- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov Navoiy shahar statistika bo’limi mas’ul xodimi bilan birgalikda shaharda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvini o‘tkazdi.
Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini-o'zi band qilgan fuqarolar faoliyati o'rganilib, intervyuyerlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.