Joriy yilning 18-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dildora Kattayeva taklif etildi.
Tadbirda Statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq bo’lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etdi.
Muloqot mobaynida Dildora Kattayeva hamda Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Murodov 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritishdi.