Joriy yilning 31- oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Umarov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman shahar statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.
Muloqat davomida o‘tgan chorakda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlar natijasi bo‘yicha axborot berib oʻtildi.
Shuningdek, 2024- yilning iyul-avgust oylarida hududlarda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari ishlari bo’yicha 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish hamda tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari tushuntirildi.