31/10/2024

Bugun, 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

1_7j1a3929_p88293

2

Uchrashuvda YUNFPA vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade, uning o‘rinbosari Kamolxon Inomxo‘jayev hamda Aholishunoslik rivojlantirish dasturi rahbari Azam Toshpulatov ishtirok etishdi.

3

4_7j1a3977_p30630

Statistika agentligi tomonidan esa agentlik direktori Baxodir Abdusalomovich Begalov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i  Kobil Berdikulov, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Odilov, Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Shaxboz Djanadilovlar qatnashishdi.

5_7j1a3935_p33194

Tadbirda aholini ro‘yxatga olish jarayonini xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish, texnik yordam ko‘rsatish va xalqaro ekspertlarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kelgusida natijalarni tahlil qilish va keng jamoatchilikka yetkazish yo‘llari haqida fikr almashildi.

6

Uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashib, mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflar berildi. Muloqot yakunida, tadbirga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish va uni samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech