2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 14 504,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,7 % ga o‘sgan.
Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 4 649,9 mlrd so‘mni (100,3 %), chorvachilik mahsulotlari 9 854,9 mlrd so‘mni (105,3%) tashkil qildi.