25/10/2024

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Transchegaraviy elektron tijorat va raqamli savdo statistikasidan foydalanish va o‘lchash” mavzusi bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. 

1-251024-21445468674_p11695

Eslatib o‘tamiz, 15–18- oktabr kunlari Balida (Indoneziya) BMTning Statistika bo‘limi (UNSD), BMT Savdo va rivojlanish tashkiloti (UNCTAD) hamda Indoneziya markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan.

2-25102024photo_2024-09-25_10-58-17_p56346

Taqdimotda mazkur seminarda ishtirok etgan agentlikning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashev ishtirokchilarni yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, xususan, xalqaro savdoning kontseptual asoslari haqida hamda xizmatlar eksport-importi va raqamli savdo statistikasini baholash bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

3-25-2024-7j1a2359_p28346

Botir Irgashev seminar davomida olingan bilimlar elektron tijorat statistikasi bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslangan statistika uslubiyatini takomillashtirishga yordam berilishi, shuningdek, xizmatlar va raqamli savdo statistik ma’lumotlarni to‘plash, jamlash va tarqatish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar bilan tajriba almashdi.

4-25102024-7j1a2431_p57256

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

5-251020247j1a2420_p64604

Tugmani bosing Tinglash GSpeech