Joriy yilning 25-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq boʻlim boshliqlari va xodimlar hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tizim xodimlariga saylov qonunchiligining mazmuni va soʻngi yillarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar hamda har bir ovoz kelajak sari bir qadam ekanligi va saylovda faol ishtirok etish kerakligi takidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning saylov jarayonlariga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.