22/10/2024

Bugun, 22- oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida ma’rifat tadbiri tashkil etildi.7

7j1a2116_p53509

Tadbirni Statistika agentligi direktorining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomiddin Ahmedov ochib berdi. Unda o‘zbek tili mavqeyini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tildi.

7

7j1a2146_p86952

Mazkur ma’rifat tadbirida filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedrasi mudiri Mansur Yunusov mehmon bo‘ldi.  M.Yunusov tadbir ishtirokchilarini O‘zbek tilining boy tarixi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimiz hamda jadidlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

7j1a2196_p82461

Shuningdek, o‘zbek tilining o‘tmishda yuzlashgan to‘siqlari hamda bugungi kunda berilayotgan yuksak e’tibor xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech