18/10/2024

Joriy yilning 18-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Ona tiliga sadoqat - Vatanga muhabbat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsenti Akmal Tursunov taklif etildi. Muloqat davomida mehmon ishtirokchilarni Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, Oʻzbek tilining paydo boʻlishi va rivojlanishi tarixi haqida soʻz yuritdi.

O’zbek tiliga e’tibor faqat o’zbek tili bayrami kunida emas, balki har on har lahzada kunlik hayotimizga singgan qoidalar kabi bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Uchrashuv davomida Akmal Tursunov til haqida she’rlar aytib ishtirokchilarni xushnud etdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech