30/09/2024

Joriy yilning 2–4- oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda MDHning II xalqaro statistika forumi oʻtkaziladi.

saytga-uz_p32084

Forumda 150 dan ziyod qatnashchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qoʻmitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimi direktori, BMT YEIK Statistika boʻlimi direktori hamda 20 ga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Forumning asosiy maqsadi – statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish, rasmiy statistikani shakllantirish uchun muqobil maʼlumotlar manbalari, shu jumladan, katta hajmli maʼlumotlar va sunʼiy intellektdan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasi bilan birga Statistika idoralari rahbarlari, MDH Statistika qoʻmitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlari uchrashuvlari MDHga aʼzo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari kengashining 70-yigʻilishi oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz: mazkur Forum MDH Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “MDHda statistikani rivojlantirish” dasturi doirasida oʻtkazilib kelinmoqda. Dastlabki, I xalqaro statistika forumi 2023- yilning 12–14- sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech