2024- yilning yanvar-avgust oylarida 81,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming nafarga yoki 2,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida BAAga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 73 595 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 6 889 nafar;
xizmat yuzasidan – 443 nafar;
oʻqish – 238 nafar;
davolanish – 234 nafar.