26/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 2 166,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni 24,6 % ni tashkil etgan.

Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 126,1 % darajasida qayd etilgan.

Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Navoiy shahrining ulushi 66,3 % ni yoki 1 437,0 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning shu davriga nisbatan Karmana tumanida yuqori oʻsish surʼati 128,3 % darajasida qayd etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech