25/09/2024

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Energiyadan oqilona foydalanish” va “Muallimlarimiz el-yurtimizning tayanchi va suyanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda, boshqarma rahbariyati, tarmoq boʻlim boshliqlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsenti Akmal Tursunov taklif etildi.

Shunindek, Statistika boshqarmasi yuristkonsulti A. Murodov energiyadan oqilona foydalanish hamda bu borada energiya tejamkorlik qurilmalarini oʻrnatish va ularning afzalliklari toʻgʻrisida maruza qildi.

Muloqot davomida, Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsenti A. Tursunov soʻzga chiqib, ustoz va murabiiylar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, pedagog xodimlarning kasbiy sha’ni, qadr-qimmati, shuningdek ishchanlik obroʻsi davlat himoyasida ekani, ularning kasbiy faoliyatiga aralashish, xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech