2024-yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 87 713,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,6 % ni tashkil etdi.
shundan:
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 10 911,6 mlrd. so‘m;
ishlab chiqarish sanoati – 71 329,5 mlrd. so‘m;
elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 5 402,0 mlrd. so‘m;
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 70,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.