Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 174 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 378 ta
sanoat sohasida – 400 ta
qurilish sohasida – 85 ta
savdo sohasida – 727 ta
tashish va saqlash sohasida – 63 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha
xizmatlar sohasida – 205 ta
axborot va aloqa sohasida – 81 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 28 ta
boshqa sohalarda – 207 ta