Joriy yilning 18-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo‘lim boshlig‘i A. Amirbekov bilan birgalikda, Karmana va Navbahor tumanlariga borib, “Ziyokor” va “Kelachi”MFYlarda intervyuyerlar tomonidan oʻtkazilayotgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
Tanlanma kuzatuvni o’tkazishda xonadon egalariga kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.
Ma’lumot uchun: uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini oʻrganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun maʻlumotlar shakllantiriladi.