Joriy yilning 18-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov hamda Narx statistikasi boʻlim boshligʻi J. Soyibov bilan birgalikda, Karmana, Navbahor va Konimex tumanlariga borib, hududiy statistika boʻlim registratorlari tomonidan oʻtkazilayotgan 5 narx oʻrtacha haftalik kuzatuvida ishtirok etdi.
Kuzatuv davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganildi hamda registratorlar tomonidan planshet qurilmasiga narxlar sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Maʻlumot uchun: Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi mavjud boʻlib, mazkur platformada savdo majmualari roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan. Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, tovar narxlarini elektron dasturda qayd etadi.