16/09/2024

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida boshqarmaning bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etilib, unda OʻRQ-957-son Qonuni mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.

Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech