Joriy yilning 13-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, mas’ullarga demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.