11/09/2024

Joriy yilning 11-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, mas’ullarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech