11/09/2024

Joriy yilning 11-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, mas’ullarga investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech