15/08/2024

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 28,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37 ming tonna mosh eksport qilgan.

Eng koʻp eksport Xitoyga amalga oshirilgan. Joriy davrda Oʻzbekiston Xitoyga 34,3 ming tonna mosh eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan keyingi davlatlar:

Rossiya – 0,7 ming tonna;

Niderlandiya – 0,5 ming tonna;

Iroq – 0,3 ming tonna;

boshqa davlatlar – 1,2 ming tonna.

14082024-mosh-eksporti_p84746

Tugmani bosing Tinglash GSpeech