Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Navoiy viloyati boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 524,7 ming taga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 2,2 %ga oshdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 87,7 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 9,3 %i – fermer xoʻjaliklari, 3,0 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.