Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 2 775 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 13,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2 745 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Navoiy shahri – 622 ta
Zarafshon shahri – 211 ta
G‘ozg‘on shahri – 236 ta
Konimex tumani – 77 ta
Qiziltepa tumani – 285 ta
Navbahor tumani – 213 ta
Karmana tumani – 453 ta
Nurota tumani – 206 ta
Tomdi tumani – 69 ta
Uchquduq tumani – 118 ta
Xatirchi tumani – 285 ta