Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-mart holatiga Navoiy viloytida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 371 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 379 tani tashkil qildi (ulushi 20,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng koʻpi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
🔸Xatirchi tumani – 850 ta
🔸Navoiy shahri – 651 ta
🔸Zarafshon shahri – 566 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🔸qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 322 ta
🔸sanoat sohasida – 713 ta
🔸qurilish sohasida – 232 ta
🔸savdo sohasida – 2 071 ta
🔸tashish va saqlash sohasida – 47 ta
🔸yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 330 ta
🔸axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 89 ta
🔸sogʻlikni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 97 ta
🔸boshqalar – 478 ta