19/03/2024

 Joriy yilning 19-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma hamda Navoiy shahar, Karmana tumani bo’lim xodimlari ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida rahbariyat va boshqarma bosh yuristkonsulti tomonidan PQ-114-sonli qarori xodimlarga atroflicha tushuntirildi.

Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yunalishlari (1-ilovaga muvofiq);

7 ta ustuvor yoʻnalish.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi (2-ilovaga muvofiq);

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisidagi nizom (3-ilovaga muvofiq);

Nizom 11 bob, 44 ta banddan iborat.

1-bob. Umumiy qoidalar

2- bob. Statistika agentligining tuzilmasi

Z-bob. Statistika agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari

4-bob. Statistika agentligining huquq va majburiyatlari

5-bob. Statistika agentligi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari

6-bob. Statistika agentligi rahbarlarining javobgarligi

7-bob. Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish

Statistika agentligi rahbariyati

Statistika agentligi hayʼati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari

8-bob.       Statistika agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

9-bob.       Statistika agentligi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish

10-bob. Statistika agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdorligi

11-bob. Yakunlovchi qoida

 Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”
(4-ilovaga muvofiq);

Yoʻl xaritasi 5 ta yoʻnalish va 38 banddan iborat.

  1. Oʻzbekiston Respublikasining statistika salohiyatini oshirish yoʻnalishida
  2. Axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tarqatish va xalqaro hamkorlik yoʻnalishida
  3. Statistika sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida
  4. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish yoʻnalishida
  5. Boshqa yoʻnalishlarda

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim bulgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) (5-ilovaga muvofiq);

Indiatorlar 5 ta yoʻnalish va 25 banddan iborat.

  1. Faoliyatning asosiy yoʻnalishlarida
  2. Ochiqlikni taʼminlash yoʻnalishlarida
  3. Respondentlar bilan samarali aloqani yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida
  4. Statistika faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida
  5. Kadrlar va statistika salohiyatini oshirib borish yoʻnalishlarida

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining (keyingi oʻrinlarda - Statistika agentligi) Statistika kengashi tarkibi va uning nizomi (6 va 7-ilovalarga muvofiq) tasdiqlangan.

 Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:

  1. a) rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlarining Statistika maʼlumotlarini ishlab CHIQISHNING namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishi yoʻlga qoʻyilishi;
  2. b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar koʻrilishi belgilangan.

 Statistika agentligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 1-yanvardan boshlab, statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini (keyingi urinlarda - statistika kuzatuvchilari) jalb etish haqidagi taklifiga rozilik berilgan.

 Statistika agentligi tizimida integratsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida, 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan quyidagi maʼlumotlarni olish maqsadida integratsiya qilinishi belgilangan:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining korxona va tashkilotlarning mehnat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻisidagi;

Adliya vazirligining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish toʻgʻrisidagi;

"Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlar narxlari toʻgʻrisidagi;

"Oʻzbekneftgaz” AJning neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda neft va gaz kondensatining manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi;

IT-Park direksiyasining rezidenti boʻlgan tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

 Statistika agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uy xujaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlari doirasida har yili aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati hamda kambagʻallik darajasi koʻrsatkichlarini shakllantirish va eʼlon qilib borishni taʼminlashi belgilangan.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech