Joriy yilning 19-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ishchi xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ulardagi sportga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirish boʻyicha boshqarma sport targʻibotchisi boshchiligida xodimlar oʻrtasida shaxmat va shashka yoʻnalishi boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur sport musobaqasi koʻtarinki kayfiyat va oʻzaro doʻstlik ruhida oʻtdi hamda qizgʻin bellashuvlarga boy boʻldi. Oʻyin yakunida rahbariyat tomonidan gʻoliblar diplom, qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.