Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari uchun aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, ahvoli va mahallalarda mas’ullar tomonidan xonadonlarga raqam belgilarini va ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlarini muvofiqlashtirib borish holati muhokama qilindi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni mahalla-tuman/shahar-viloyat-respublika darajasida tizimli tashkil etish tartibi batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida xodimlarga aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha test savollari berilib, ularning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi baholandi.