2023-yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etgan.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining YAHM tarkibidagi ulushi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Jizzax (49,2 %) va Surxondaryo (48,7 %) viloyatlarida kuzatilgan.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining eng kichik ulushi Toshkent (22,4 %) va Navoiy (13,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.