06/02/2024

Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining aholi soni boʻyicha doimiy vakili Nigina Abaszade bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1_7b5a3611

Nigina Abaszade 2023-yil 24-dekabrdan boshlab BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakili sifatida ish boshladi va oʻz missiyasi doirasida 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi.

2_7b5a3596

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich,  Nigina Abaszadeni lavozimga tayinlangani bilan alohida tabriklab o‘tdi hamda UNFPA bilan hamkorlikning keyingi yoʻnalishlarini muhokama qildi.

3_7b5a3580

Shuningdek Nigina Abaszade Statistika agentligining sifatli statistik ma’lumotlarni yetkazib beruvchi tashkilot sifatida mas’uliyati oshganini, aholi soni, uning jinsi va yoshi tuzilishi, yashash sharoitlari va migratsiyasi haqida batafsil tasavvurga ega bo‘lishda, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazilishi asosiy axborot manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

4_7b5a3586

Ishtirokchilar aholini ro‘yxatga olish, milliy siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish hamda mamlakat rivojlanishini monitoring qilish uchun asosiy ma’lumotlar manbai ekanligini aytib o‘tdi.

5_7b5a3599

Uchrashuv yakunida kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan qo'shma loyihalar va tashabbuslarni tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

6_7b5a3617

Tugmani bosing Tinglash GSpeech