2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 3 495,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 104,9 %, uning jami sanoatdagi ulushi 3,8 % ga toʻgʻri keldi. Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 55,0 %, nooziq-ovqat mahsulotlar 45,0 % ni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida isteʼmol tovarlarining umumiy hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 41,1 %, nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi 58,9 % ni tashkil etdi.