Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari soni 66,4 % ni tashkil etgan.
Shundan:
bir bolali uy xoʻjaliklar – 23,8 %;
ikki bolali uy xoʻjaliklar – 25,7 %;
uch bolali uy xoʻjaliklar – 13,9 %;
toʻrt va undan koʻp bolali uy xoʻjaliklar – 3 %.
Kuzatuv natijalariga koʻra, 33,6 % uy xoʻjaliklarida 16 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud emas.