05/01/2024

Joriy yilning 5-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U. Suyunov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi intervyuyeri D. Xidirov bilan birgalikda Karmana tumani “Ziyokor ”va “Shibzon” MFYlarga borib, ushbu mahallalarda 2024-yil xonadonlarda uy xoʻjaliklari kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha seminar trening tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilariga uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga taʻsirini oʻrganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishi toʻgʻrisida atroflicha ma’lumot berib oʻtildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech