29/12/2023

Joriy yilning 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi mutaxassislari hamda hududiy statistika boshqarmalarining Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi ma’sul xodimlari ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a2358

Mazkur yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Javlon Soipov 2023-yil yakunlarini sifatli hisob – kitobi hamda qurilish statistikasiga oid statistika kuzatuvlarni samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha so‘z yuritdi.

2-7b5a2365

Videokonferensiyada agentlikning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining ma’sul xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

3-7b5a2370

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga agentlik mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

4-7b5a2373

Tugmani bosing Tinglash GSpeech