Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 2 280,2 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil qilgan.
Joriy davrda yetishtirilgan meva va rezavorlar hajmini boshqa toifadagi xoʻjaliklar bilan taqqoslaganda yuqori koʻrsatkichlar 1 276,2 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 56 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilgan.