Joriy yilning 27-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun viloyatimizdagi “NAVOIY VILOYATI TRANSPORT BOSHQARMASI” va “POLIETILEN QUVURLAR” MCHJlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik qurilmalari, xususiyatlari, mahsulotlar turi va sifati, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.