28/12/2023

2023-yilning 26-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

1-7b5a2302

2-7b5a2278

3-7b5a2297

Unda Statistika agentligining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi Dusnayev Sherzod Ergashevichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni iqtisodiy-statistik baholash” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.

4-7b5a2209

5-7b5a2323

6-7b5a2314

Mazkur dissertatsiya ishi himoyasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati tarmoq boshqarmalari rahbarlari ham onlayn kuzatib borishdi. Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan Kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.

7-7b5a2316

8-7b5a2354

Tugmani bosing Tinglash GSpeech