2023- yilning 26- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.
Unda Statistika agentligining Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig'i, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Mamadaliyev Odiljon Toirovichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining statistik tadqiqi (Namangan viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.
Mazkur dissertatsiya ishi himoyasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati tarmoq boshqarmalari rahbarlari ham onlayn kuzatib borishdi. Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan Kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.