26/12/2023

Joriy yilning 19-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida oʻquv-treninglar kurslari tashkil etildi.

1_

2_

Mazkur oʻquv treningda mamlakatimizda davlat organlarining ochiqligini oshirish va ochiq maʻlumotlar ekotizimini rivojlantirish mavzusida treninglar oʻtkazildi.

2_2_

Ushbu oʻquv treninglar Prezidentimizning 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʻminlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori va 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Ochiq maʻlumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 808-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida tashkil etildi.

3_

4_

Treninglarda: Ochiq maʻlumotlar tushunchasi, mashinada oʻqiladigan formatlar, ochiq maʻlumotlar portallari, “Ochiqlik indeksi”, mamlakatimizning ochiq maʻlumotlar sohasida oxirgi yillarda erishgan natijalari va bu sohadagi mavjud boʻlgan muammolar muhokama qilindi. 

5_

Treninglarda 153 ta vazirlik va idoralarning ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan 200 nafardan ziyod vakillari ishtirok etdi.

6_

Tadbir soʻngida “Ochiq maʻlumotlar sohasini rivojlantirish” boʻyicha tashkil etilgan ushbu oʻquv-treninglarni kelgusida ham muntazam oʻtkazish, xodimlarning ochiq maʻlumotlar bilan ishlash boʻyicha malaka va koʻnikmasini oshirib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

7_

8_

Trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

11_

Bu trening ochiq maʻlumotlar haftaligi “Open Data Week 2023” doirasida tashkil etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech