26/12/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 301 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 134,5 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 90,0 foizini (20 065 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

🔹Navoiy shahri – 4 955 ta

🔹Zarafshon shahri – 1 525 ta

🔹G‘ozg‘on shahri – 433 ta

🔹Konimex tumani – 1 031 ta

🔹Qiziltepa tumani – 2 967 ta

🔹Navbahor tumani – 2 314 ta

🔹Karmana tumani – 3 293 ta

🔹Nurota tumani – 1 554 ta

🔹Tomdi tumani – 680 ta

🔹Uchquduq tumani – 921 ta

🔹Xatirchi tumani – 2 628 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech