Joriy yilning 22-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi Sport targ‘ibotchisining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Statistika boshqarmasining Sport targ‘ibotchisi Zafar Xushmatov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlarida belgilangan sog‘lom turmush tarzi hamda davlat organlari va tashkilotlarida sportni rivojlantirishga oid chora-tadbir dasturlariga muvofiq topshiriqlar ijrosi yuzasidan Statistika boshqarmasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va uning samaradorligi to‘grisida hisobot taqdim etdi.
Sport targ‘ibotchisi tomonidan kelgusi yil uchun rejalashtirilgan sport tadbirlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilari tomonidan Sport targ‘ibotchisining hisoboti va sport mavzusiga doir berilgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.