2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida jami 6,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 49,1 % ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 32,1 % ni tashkil etgan.