21/12/2023

🔸Joriy yilning 21-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun viloyatimizdagi “IHLAS ELEKTRIK” va “POLIPROPILEN QUVURLAR” MCHJlarning led energiya tejash lampalarini ishlab chiqarish jarayonlari hamda suv ta'minoti uchun ishlatiladigan polipropilen quvurlarining tayyorlanishi bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi.

🔸Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik qurilmalari, xususiyatlari, mahsulotlar turi va sifati, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech